Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan siyosiy-ma’rifiy soat tashkil etildi.

18.03.2026
48
Ta'lim

Mashg‘ulotda qariyb to‘qqiz yil davomida shakllangan ushbu majmuaning konseptual asoslari, ilmiy va ma’naviy ahamiyati hamda global sivilizatsion jarayonlardagi o‘rni tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi madaniy loyiha doirasidan chiqib, tarixiy merosni ilmiy anglash va uni zamonaviy boshqaruv tafakkuri bilan bog‘lovchi intellektual maydon sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Xorijiy auksion uylari, yirik kolleksionerlar va art-dilerlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida yuzlab noyob eksponatlarning asl nusxalari mamlakatga qaytarildi. Bu kabi ko‘lamdagi tarixiy tiklanish jarayonlari ilk bor amalga oshirildi.

Muloqot davomida tinglovchilarda tarixiy ongni mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash hamda ilm va din uyg‘unligiga asoslangan strategik fikrlashni rivojlantirish masalalari markazda bo‘ldi.

Prezident ta’kidlaganidek,

 “eng avvalo, ilm va yana bir bor ilm, ta’lim va yana bir bor ta’lim — taraqqiyotning asosidir”.

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi ayni jarayonda bilim, tarix va siyosat tutashgan nuqtada yangi boshqaruv tafakkurini shakllantiruvchi institutsional markaz sifatida faoliyat yuritmoqda.