Muloqot davomida Akademiya faoliyati, uning tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari va yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar davlat boshqaruvi yo‘nalishida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Elchi Guido De Sanctis
Akademiya bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, Italiyadagi yetakchi universitetlar va davlat boshqaruvi sohasidagi ta’lim muassasalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishda ko‘mak berishga tayyor
ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.