Davlat boshqaruvida AI va data-driven yondashuvlar: Akademiyada yangi bosqich

22.12.2025
35
Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Turkiya Respublikasi Hukumati huzuridagi Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida Akademiyaning Raqamli va sun’iy intellekt texnologiyalari ta’lim Markazida “Data & AI” laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur tashabbus doirasida TIKA tomonidan zamonaviy texnik jihozlar grant asosida beg‘araz taqdim etildi.

Ushbu laboratoriya:

- sun’iy intellekt va data analytics asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlar;

- davlat xizmatchilari va magistrlar uchun zamonaviy raqamli kompetensiyalar;

- davlat siyosatida data-driven qarorlar ishlab chiqish;

- ilmiy-tadqiqot va amaliy keyslar bilan ishlash uchun xizmat qiladi.

 Tomonlar raqamli transformatsiya, kadrlar salohiyati va kelgusidagi qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar bo‘yicha ҳамкорликни изчил давом эттиришга келишиб oldilar.

 Mazkur tashabbus Prezidentning PF–78-son Farmoni doirasida davlat boshqaruvini raqamlashtirish va yangi avlod boshqaruv kadrlarini tayyorlashga qaratilgan.