Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” mavzusidagi ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) hamda yetakchi yuridik oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi jarayonlari, ushbu jarayonda Akademiya professor-o‘qituvchilarining ilmiy izlanishlari va ekspertlik faoliyati hamda roli yuzasidan tahlillar yodga olindi.
Magistratura tinglovchilari va ishtirokchilar uchun Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi huquqiy modernizatsiyasi, xalqaro huquq tamoyillariga uyg‘unlashuvi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli kabi dolzarb yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglandi.