О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining axborot siyosati masalalari bо‘yicha maslahatchilari uchun tashkil etilgan 2 kunlik maxsus о‘quv kursi о‘z nihoyasiga yetdi.
Seminar doirasida axborot siyosatini samarali tarzda tashkil etish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, feyk xabarlar va axborot xurujlariga qarshi turish, inqirozli vaziyatlar oldini olish, zamonaviy PR texnologiyalari, raqamli media va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalarida tajriba almashildi. Seminar, shuningdek, davlat boshqaruvida axborot siyosatining o‘rni va samarali kommunikatsiyaning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishga alohida urg‘u berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining matbuot xizmatlari rahbarlari, shuningdek, axborot siyosatini rivojlantirishga mutasaddi mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar doirasida axborot siyosatini samarali tarzda tashkil etish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, feyk xabarlar va axborot xurujlariga qarshi turish, inqirozli kommunikatsiyani boshqarish va zamonaviy PR texnologiyalari, raqamli media va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi. Seminar, shuningdek, axborot siyosati sohasidagi dolzarb muammolarni hal qilish va samarali kommunikatsiyaning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan edi.
Prezident Administratsiyasining matbuot kotibi Sherzod Asadov Ikromovich seminardagi ma’ruzasida axborot xizmatlari rahbarlarining roli va mas’uliyatini qaytadan ta’kidladi. U, shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida matbuot kotiblarining ish o‘rni va faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratilgani, ularning ahamiyati sezilarli darajada oshganini ma’lum qildi.
Sherzod Asadov axborot xizmatlarining tizimli kamchiliklari, tezkorlik, tahliliy yondashuv va kreativlik yetishmayotganini qayd etar ekan, ommaviy axborot vositalari bilan uzluksiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning savollariga ochiq bo‘lish va samarali javob qaytarishni birinchi darajadagi vazifa sifatida ko‘rsatdi.
Seminarda axborot xizmatlari rahbarlari uchun qator ilg‘or yo‘nalishlar bo‘yicha mavzuga oid ko‘plab seminarlar va master-klaslar tashkil etildi. Ular orasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar, davlat boshqaruvida axborot qonunchiligi, zamonaviy tahlil va monitoring platformalari bilan ishlash, ijtimoiy media va inqirozli vaziyatlarni oldini olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Malaka oshirish va tajriba almashish maydoniga aylangan Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida katta yordamga ega bo‘lgan mutaxassislar va media sohasidagi trenerlar ishtirokida mukammal o‘quv kurslari tashkil etildi.