O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida mustaqil izlanuvchilar tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishlari dastlabki ekspertizadan o‘tkazildi.

29.06.2026
473

Yig‘ilish davomida siyosiy fanlar doktori (DSc) hamda iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan quyidagi dissertatsiyalar muhokama qilindi:

 “Sharqiy Osiyodagi geoiqtisodiy transformatsiyalar sharoitida Yaponiyaning energetika diplomatiyasi” (23.00.04 – “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari” ixtisosligi bo‘yicha siyosiy fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun);

“Davlat fuqarolik xizmatiga rahbar kadrlar tayyorlashda mentorlik tizimini boshqarishni takomillashtirish” (08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun).

Muhokamalar davomida Ilmiy-uslubiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishlarining ilmiy yangiligi, metodologik asoslari hamda amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida dissertatsiya ishlarini belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.