Akademiyada ilmiy unvon olish bo‘yicha talabgorlar uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” mavzusida maxsus imtihon tashkil etiladi.

08.05.2026
486
Ta'lim

Mazkur jarayon ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy-pedagogik faoliyat sifatini yuksaltirish hamda soha mutaxassislarining nazariy va amaliy bilimlarini xolis baholashga qaratilgan.
Akademiya rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish, jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Imtihon savollari mutaxassislik yo‘nalishlarining mazmunidan kelib chiqib, malakali soha ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Maxsus imtihon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi va Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarorlari asosida tashkil etilmoqda.
Akademiyada ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish jarayonlarining ochiqligi hamda sifatini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.