Farg‘onada istiqbolli kadrlar uchun amaliy o‘quv tashrifi tashkil etildi

09.05.2026
1141
Ta'lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Farg‘ona hududiy filialida tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari doirasida tinglovchilar Farg‘ona Digital Hub va IT Park faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, drayver sohalar samaradorligini oshirish hamda raqamli boshqaruv yondashuvlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, davlat va tarmoq boshqaruvida sun’iy intellekt yechimlaridan xavfsiz, mas’uliyatli hamda samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Mazkur amaliy tashrif ta’lim, tadqiqot va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, tinglovchilarning zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda raqamli transformatsiya jarayonlariga mos ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.