O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salixov Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda hudud xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish, tabiiy ofatlardan himoyalanish, energiya resurslaridan foydalanish madaniyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Vazirlik vakili, podpolkovnik Zafar Toshtemirov joriy yil 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar mamlakatimizda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi tashkil etilgani, o‘tgan yil bilan taqqoslaganda joylarda yong‘in va tabiiy ofatlardan jabrlanganlar soni kamaygani va bunda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘zining ijobiy natijasini berayotganini aytib, texnika vositalaridan foydalanishda extiyotkor bo'lish, favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda 101, 112 raqamlari orqali murojaat qoldirilishi mumkinligini eslatib o'tdi.