“O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kursi yakunlandi

13.09.2025
28
Ta'lim

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida kadrlar siyosatida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida 20 nafar boshqaruv hamda muhandis-texnik xodimlar uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi.

Mazkur dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy rahbarlik yondashuvlari, samarali jamoa boshqaruvi, inson resurslaridan foydalanishning ilg‘or usullari hamda “halollik vaksinasi” konsepsiyasi kabi dolzarb mavzular bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Kurslar nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy mashg‘ulotlar va stajirovkalarni ham o‘z ichiga olib, tinglovchilarga kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish imkonini yaratdi.

Malaka oshirish dasturi yakunida, uni muvaffaqiyatli tamomlagan xodimga belgilangan namunadagi sertifikatlar Akademiyaning Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Alisher Umarov va “Oʻzbekgidroenergo” AJ masʼul xodimlari tomonidan topshirildi.