Akademiya magistrantlari islohotlarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini real boshqaruv misollarida tahlil qildilar. Ochiq muloqot Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi “Delivery Unit” koordinatori Aziza Umarova ishtirokida o‘tkazildi.

14.02.2026
47
Seminar

Muhokamalar markazida uch asosiy savol turdi: — Nega ayrim islohotlar kutilgan natijani bermaydi? — KPI va monitoring tizimi qanday ishlashi lozim? — “Delivery” modeli boshqaruv samaradorligini qanday ta’minlaydi?

Real keyslar tahlili shuni ko‘rsatdiki, islohot — bu shunchaki normativ hujjat emas, balki strategik rejalashtirish, qat’iy ijro va tizimli nazorat uyg‘unligiga tayangan boshqaruv jarayonidir.