O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 24-fevraldagi yig‘ilishida payshanba kunining “Yoshlar kuni” etib belgilanishi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va dolzarb muammolariga yechim topishga qaratilgan tizimli yondashuv sifatida amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Muloqot davomida Akademiyada joriy etilgan zamonaviy ta’lim modeli — “ta’lim — tadqiqot — amaliyot” integratsiyasi, shuningdek, xalqaro tajribaga asoslangan assessment tizimi orqali kadrlar tayyorlash jarayonlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, tinglovchilar davlat boshqaruviga oid amaliy кейслар ustida ishlab, tahlil va yechim ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirmoqda. Ushbu jarayon ularning amaliy kompetensiyalarini tizimli baholash orqali monitoring qilib borilmoqda.
«Bilim — asos. Ammo davlat boshqaruvida muvaffaqiyat qaror qabul qilish, tahlil qilish va yechim ishlab chiqish qobiliyati bilan belgilanadi», — dedi rektor J.Sh. Salixov.
Shu nuqtai nazardan, muloqot davomida Prezident tomonidan ilgari surilgan quyidagi tamoyilga murojaat qilindi:
«Korrupsiyaning oldini olish — davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlanadi».
Rektor ta’kidlaganidek, mazkur yondashuv Akademiyada shakllantirilayotgan ta’lim mazmuni bilan uyg‘un bo‘lib, “halollik vaksinasi” avvalo shaxsiy mas’uliyat, qadriyatlar va professional etikadan boshlanadi.
Shuningdek, amaldagi rahbarlarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi va ularning amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashishi o‘quv jarayonining amaliy yo‘nalishini kuchaytirayotgani qayd etildi.
Muloqot yakunida tinglovchilarning fikr ва tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi hamda Akademiyada amaliy kompetensiyalarga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash tizimi izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.