O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Guliston hududiy filiali hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali hamkorligida 2025-yil 13-iyun kuni salohiyatli kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.
Mazkur kurs davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv va kasbiy faoliyatiga oid bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quv dasturi doirasida tinglovchilar uchun rahbarning muloqot madaniyati va notiqlik san’ati, davlat fuqarolik xizmatchisining ma’naviy qiyofasi va xizmat imiji kabi mavzularda seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv kursi nomzodlarning kasbiy salohiyatini oshirish, rahbarlik kompetensiyalarini mustahkamlash hamda davlat fuqarolik xizmatida samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi.