Samarqand viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari xodimlari uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi

12.07.2025
38
Hududlarga tashrif

Joriy yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mazmun-mohiyatini mahalliy rahbarlarga yetkazish, hududlardagi islohotlar samaradorligini oshirish va aholini qiynayotgan masalalarni hal etishda rahbarlarning mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Samarqand viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari xodimlari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, tashkiliy-nazorat guruhlari rahbarlari, hamda iqtisodiyot, moliya, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, bandlik, qurilish, ekologiya, madaniyat, oila va xotin-qizlar, yoshlar masalalariga mas’ul vazirlik va idoralarning tuman va shahar bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Seminar doirasida ishtirokchilarga davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirishga qaratilgan zamonaviy ijtimoiy-psixologik yondashuvlar yuzasidan ma’ruzalar o'qildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida davlat xizmatchilari uchun zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.