Akademiya faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishda muhim qadam tashlandi

03.06.2025
30
Uchrashuv

2025-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti, Akademiya rektori Jasur Salixov hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismoilova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dastlab Akademiya rektori so‘z olib, ta’lim dargohimizda chuqur islohotlar bosqichi boshlangani, xususan, o‘quv dasturlari zamonaviylashtirilib, yangi ilmiy markazlar tashkil etilayotgani va ilg‘or o‘qitish uslublari joriy qilinayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Akademiyada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida Akademiya rektorining transformatsiya va strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga xorijiy ekspertni jalb etish taklifi ilgari surildi.