Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Tashqi ishlar vazirligi hamda tegishli hamkor tashkilotlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari rahbarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

22.01.2026
31
Seminar

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Tashqi ishlar vazirligi hamda tegishli hamkor tashkilotlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari rahbarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.  Tadbir xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq va maqsadli foydalanish, shuningdek, boshqaruv ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratildi.

Ikki kunlik trening davomida Yurtboshimiz tomonidan qayd etilganidek, bugungi sharoitda elchi faqat siyosiy muloqot yurituvchi vakil emas, balki investitsiya va texnologiyalarni jalb etuvchi, yangi eksport bozorlarini ochuvchi, transport-logistika yo‘laklarini ishga soluvchi, turizm oqimini kengaytiruvchi, qonuniy mehnat migratsiyasi uchun sharoit yaratib beruvchi hamda eng asosiysi — xorijdagi fuqarolarimiz huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi davlat vakili ekani alohida ta’kidlandi.

 

Trening doirasida ishtirokchilarning quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi:

- Очиқ ва прагматик ташқи сиёсат;

- элчининг замонавий ва кенгайиб бораётган роли;

- иқтисодий дипломатия: инвестицияларни жалб этиш, экспортни ривожлантириш ва лойиҳаларни илгари суриш;

- логистика ва транзит: транспорт йўлаклари дипломатияси;

- Ўзбекистон манфаатларини халқаро майдонда илгари суришда ватандошларнинг роли;

- хорижда вақтинча меҳнат қилаётган фуқароларимизнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилишда маҳалла ва элчихоналар алоқаларини янада кучайтириш масалалари ҳамда таҳлилий муҳокамалар ва тажриба алмашиш сессиялари шулар жумласидан.

 

Shuningdek, mahalla tizimini xalqaro maydonda keng targ‘ib etgani,  hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan faol hamkorligi uchun bir guruh diplomat "Mahalla iftixori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.