O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistratura tinglovchilari uchun “Yashil energiya” MCHJ QKga amaliy tashrif tashkil etildi.

16.12.2025
33
Ta'lim

Tadbir davomida tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, davlat siyosatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, raqamlashtirish va innovatsion yechimlarning ahamiyatini tahlil qilish, shuningdek, inson resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga e'tibor qaratildi. Ushbu jarayonlar davlat boshqaruvi tizimida “yashil” transformatsiya va barqaror rivojlanish siyosatining amaliy ijrosini chuqur anglash imkonini yaratdi.

Bu kabi ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlar davlat boshqaruvi sohasi uchun istiqbolli kadrlarni tayyorlash, inson resurslarini boshqarish, joylardagi islohotlarning real samaradorligini tahlil qilish hamda strategik qarorlar qabul qilishda amaliy yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlar joriy yilning 19-dekabriga qadar davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda Akademiyada tahsil olayotgan 160 nafardan ortiq tinglovchilar qamrab olinadi.