Akademiyada Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25.09.2025
25
Xalqaro hamkorlik

Bugun, 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida rektor Jasur Salixov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yuy Jun hamda Xitoy Milliy Boshqaruv akademiyasi vitse-prezidenti janob Li I bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida xorijlik mehmonlarga Prezidentimizning 2025-yil 5-maydagi PF–78-son Farmoni doirasida Akademiyada kadrlar tayyorlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlar mamlakatlarimiz rahbarlari yetakchiligida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, Akademiya va Xitoy Milliy Boshqaruv akademiyasi o‘rtasida professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda “Raqamli transformatsiya sharoitida davlat boshqaruvi liderlari” dasturini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Ta'lim dargohimiz va Xitoy Milliy Boshqaruv akademiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi hamda Akademiya bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, ularga tinglovchilarimiz uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonlari, ilmiy faoliyat bilan tanishtirildi.

Mazkur hujjat tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yangi tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qiladi.