2025-yil 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salixov Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Latviya Moliya vazirligi huzuridagi Markaziy moliya va shartnomalar agentligi (CFCA) direktori Anita Krumina hamda Latviya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi loyihalariga mas’ul xodimi Ieva Yaunzemelar ham ishtirok etdi. Suhbat davomida davlat boshqaruvi sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, davlat xizmatchilari uchun zamonaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish masalalari atroflicha muhokama etildi. Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini qayd etib, o‘zaro tajriba almashish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdilar. Uchrashuv yakunida Akademiya va Latviya Respublikasi delegatsiyasi amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Akademiyada Latviya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20.08.2025
35
Xalqaro hamkorlik