Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bo‘lajak davlat boshqaruvi mutaxassislariga rahbarlikning amaliy jihatlarini ko‘rsatish va nazariy bilimlarni real tajriba bilan boyitishdan iborat bo‘ldi.
Mahorat darsining mehmoni — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Artikova Svetlana Baymirzayevna tinglovchilar bilan o‘zining kasbiy faoliyati, mas’uliyatli qarorlar qabul qilish tajribasi hamda rahbar shaxsiga qo‘yiladigan ma’naviy-axloqiy talablar haqida fikr almashdi.
Dars davomida davlat boshqaruvida liderlik mas’uliyati, korrupsiyaga qarshi qat’iy pozitsiya, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlashda gender tenglikning ahamiyati, shuningdek, zamonaviy rahbar uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalar yuzasidan ochiq muhokamalar olib borildi.