Rahbarlik — bu nafaqat buyruq berish yoki qaror qabul qilish, balki kuchli ichki barqarorlik, muloqot madaniyati va doimiy o‘z ustida ishlash demakdir.
Shu boisdan ham Ijtimoiy himoya agentligi Namangan boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan o‘quv seminarda DSBA Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyat boshqarmasi tizimidagi rahbarlar uchun tashkil etilgan navbatdagi o‘quv seminari shunchaki majlis zalida emas, Kosonsoy tumanida joylashgan tabiat bag‘ridagi “Sohil” oromgohida tashkil etildi.
Seminar doirasida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi Farg‘ona hududiy filiali direktori U.Fozilov va o‘qituvchisi K.Uzaqov tomonidan “Rahbarning muloqot samaradorligi”, “Rahbarlarning emotsional toliqish sindromi profilaktikasi” mavzularida treninglar o‘tkazildi.
Sеminar mobaynida tinglovchilar to‘g‘ri eshitish va tushuntirish, ruhiy bosimni boshqarish, ijobiy kayfiyatda ishlash, samarali liderlik ko‘nikmalari bo‘yicha foydali bilim va amaliy tajribalarga ega bo‘ldilar.