Tarixiy xotirasiz kelajak boʻlmas: Akademiya jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazida

23.05.2026
124
Ta'lim

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan muazzam majmuaga Akademiya rektori Jasur Salixov boshchiligida tashkil etilgan jamoaviy tashrif boʻlajak rahbar kadrlar uchun ham ilmiy, ham maʼnaviy jihatdan “team building” (jamoani jipslashtirish) vazifasini oʻtadi. Ulugʻ Qurbon hayiti arafasida oʻtkazilgan ushbu tadbir jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar buyuk ajdodlarimizning merosi va tarixiy davrlardagi boshqaruv tizimi rivojlanishini oʻrgandilar. Mazkur jarayon tinglovchilar uchun quyidagi yoʻnalishlarda oʻziga xos amaliy keys (case study) boʻldi:
Davlat boshqaruvi – boshqaruv tizimining evolyutsion bosqichlari tahlili;
Uchinchi Renessans – mamlakatimiz ilmiy-madaniy yuksalishining poydevori;
Inson resurslari – strategik maqsadlar atrofida jipslashuv;
Hududlarni rivojlantirish – yirik obyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati;
Rahbar qiyofasi – davlat arbobining milliy qadriyatlarga boʻlgan yuksak hurmati.
Mazkur uchrashuv xalqimizning uch ming yillik tarixi va jahon tamadduniga qoʻshgan hissasi asosida tinglovchilarning tahliliy dunyoqarashini yanada boyitdi. Tadbir yakunida markazning maʼnaviy qalbi hisoblangan Qurʼoni karim zalida loyiha tashabbuskorlari hamda bunyodkorlari haqqiga duolar qilindi.