1. IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALARDAGI BILIMLAR

Mazkur bo‘lim nomzodlarning makroiqtisodiyot, fiskal siyosat, investitsiyalar, bank-moliya tizimi, strategik moliyaviy boshqaruv hamda zamonaviy moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha bazaviy bilim va tushunchalarini baholashga qaratiladi.

Mazkur bo‘lim doirasida nomzodlarning:

  • makroiqtisodiy jarayonlarni tushunishi;
  • davlatning iqtisodiy siyosati va fiskal boshqaruv mexanizmlarini bilishi;
  • investitsiya siyosati va investitsion jarayonlarni tahlil qila olishi;
  • bank-moliya tizimi va pul-kredit munosabatlari bo‘yicha bilimlari;
  • strategik moliyaviy boshqaruv va risklarni baholash ko‘nikmalari;
  • raqamli moliya va innovatsion texnologiyalarning moliyaviy boshqaruvdagi o‘rnini tushunishi;
  • iqtisodiy va moliyaviy jarayonlarga nisbatan tizimli va analitik yondashuvi aniqlanadi.

Savollar nomzodlarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki iqtisodiy va moliyaviy vaziyatlarni tahlil qila olishi, statistik va analitik ma’lumotlardan foydalanishi, moliyaviy muammolarga amaliy yechim ishlab chiqishi hamda strategik moliyaviy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini baholashga yo‘naltiriladi.

 

7-mavzu. Makroiqtisodiyot va iqtisodiy siyosat

Makroiqtisodiyot tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi o‘rni. Makroiqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari va ularning iqtisodiy tahlildagi ahamiyati. Yalpi ichki mahsulot (YaIM), yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, inflyatsiya, ishsizlik va iqtisodiy o‘sish tushunchalari. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish asoslari. Davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiyotdagi tartibga soluvchi roli. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari va mexanizmlari. Fiskal siyosat va uning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni. Soliqlar, davlat xarajatlari va budjet siyosatining iqtisodiy jarayonlarga ta’siri. Monetar siyosat va pul-kredit tizimining asosiy tamoyillari. Markaziy bankning pul massasi, foiz stavkalari va inflyatsiyani boshqarishdagi roli. Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy xavfsizlik masalalari. Iqtisodiy inqirozlar, tashqi iqtisodiy xavflar va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri. Davlatning iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va bandlikni ta’minlashga qaratilgan siyosati.

 


 

8-mavzu. Fiskal siyosat va davlat qarzi

Fiskal siyosat tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlari. Davlatning fiskal siyosati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari. Davlat xarajatlari va davlat daromadlarini boshqarish tamoyillari. Budjet-soliq siyosatining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni. Budjet taqchilligi va budjet profitsiti tushunchalari. Budjet muvozanatini ta’minlash mexanizmlari. Davlat qarzi tushunchasi va uning iqtisodiy mohiyati. Ichki va tashqi davlat qarzi, ularning iqtisodiyotga ta’siri. Davlat qarzini boshqarishning asosiy usullari va tamoyillari. Qarz yukini optimallashtirish va fiskal xavflarni kamaytirish masalalari. Davlat kafolatlari, suveren obligatsiyalar va xalqaro moliya institutlari bilan moliyaviy hamkorlik masalalari. Fiskal barqarorlikni ta’minlash, davlat moliyaviy xavfsizligini mustahkamlash va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari.

9-mavzu. Investitsiyalar va davlat investitsiya siyosati

Investitsiya tushunchasi, uning iqtisodiy mazmuni va investitsion faoliyatning asosiy tamoyillari. Investitsiyalarning iqtisodiy o‘sish va modernizatsiyadagi o‘rni. Davlat investitsiya siyosati va investitsion muhit tushunchasi. Investitsion jozibadorlikni oshirish va investorlar uchun qulay sharoit yaratish masalalari. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ularning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari va davlat kafolatlari. Davlat-xususiy sheriklik tushunchasi va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati. Davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari va usullari. Investitsion risklarni baholash va investitsiya samaradorligini aniqlash tamoyillari. Hududiy investitsiya siyosati va erkin iqtisodiy zonalarning investitsion rivojlanishdagi o‘rni.

10-mavzu. Bank-moliya tizimi va pul-kredit munosabatlari

Bank tizimi tushunchasi va uning iqtisodiyotdagi o‘rni. Ikki pog‘onali bank tizimi va uning asosiy elementlari. Markaziy bankning funksiyalari va pul-kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmlari. Qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy rezervlar va ochiq bozor operatsiyalarining iqtisodiyotga ta’siri. Tijorat banklari faoliyati va moliyaviy vositachilik mexanizmlari. Kreditlash, depozit operatsiyalari va bank xizmatlarining asosiy turlari. Pul muomalasi va pul massasi tushunchalari. Inflyatsiya jarayonlari va ularni boshqarish mexanizmlari. Valyuta siyosati va milliy valyuta barqarorligini ta’minlash masalalari. Valyuta bozori va xalqaro moliya munosabatlari. Moliya bozorlari, qimmatli qog‘ozlar bozori va moliyaviy institutlarning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni. Bank tizimida risklarni boshqarish, moliyaviy barqarorlik va bank nazorati masalalari.

 

11-mavzu. Strategik moliyaviy boshqaruv

Strategik boshqaruv tushunchasi va uning moliyaviy boshqaruvdagi o‘rni. Strategik moliyaviy rejalashtirish va uzoq muddatli moliyaviy rivojlanish tamoyillari. Moliyaviy prognozlash va strategik tahlil usullari. Moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholash va iqtisodiy samaradorlikni aniqlash mexanizmlari. Moliyaviy risklar tushunchasi va ularni boshqarish usullari. Valyuta, kredit, inflyatsion va investitsion risklarni baholash tamoyillari. Davlat moliyaviy dasturlarini monitoring qilish va baholash tizimi. Davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligini aniqlash mezonlari. Moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, xarajatlarni optimallashtirish va natijadorlikni oshirish mexanizmlari. Strategik moliyaviy qarorlar qabul qilishda statistik va analitik ma’lumotlardan foydalanish usullari.

12-mavzu. Raqamli moliya va innovatsion texnologiyalar

Raqamli iqtisodiyot tushunchasi va uning moliyaviy boshqaruvdagi o‘rni. Zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va ularning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati. Elektron to‘lov tizimlari, mobil bank xizmatlari va raqamli moliyaviy platformalar faoliyati. Elektron tijorat va raqamli moliya xizmatlarining asosiy yo‘nalishlari. Fintech texnologiyalari va ularning moliya tizimidagi o‘rni. Blokcheyn, kriptoaktivlar va raqamli valyutalar haqida umumiy tushunchalar. Sun’iy intellekt va “big data” texnologiyalarining moliyaviy boshqaruvdagi ahamiyati. Analitik platformalar va avtomatlashtirilgan moliyaviy tizimlar. Kiberxavfsizlik va moliyaviy axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari. Raqamli moliyaviy operatsiyalarda ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmlari. Davlat moliyasini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish va elektron moliyaviy boshqaruv tizimlarini rivojlantirish istiqbollari.

13-mavzu. Qaror qabul qilish va muammolarni hal etish usullari

Boshqaruv qarorlarining mazmuni va ularning boshqaruv tizimidagi o‘rni. Qaror qabul qilish zarurati va asosiy bosqichlari. Muammoni aniqlash, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish usullari. Strategik, operatsion va tezkor qarorlar tushunchalari. Muqobil variantlarni ishlab chiqish va eng maqbul yechimni tanlash mezonlari. Qarorlarning samaradorligi va asoslanganligi. Tahliliy va tizimli yondashuv asosida muammolarni hal etish usullari. Grafik, jadval va statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilish ko‘nikmalari. Risklarni baholash, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish va boshqaruv faoliyatida kreativ fikrlashning ahamiyati.

14-mavzu. Zamonaviy boshqaruv kompetensiyalari

Zamonaviy rahbar uchun zarur bo‘lgan professional va shaxsiy kompetensiyalar. Strategik fikrlash, tashabbuskorlik, mas’uliyat va natijadorlikka yo‘naltirilgan faoliyat tamoyillari. Rahbarning kommunikativ ko‘nikmalari, samarali muloqot olib borish va muzokaralar tashkil etish usullari. Jamoa bilan ishlash, xodimlarni rag‘batlantirish va jamoada ijobiy muhit shakllantirish tamoyillari. Stressli vaziyatlarda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalari. Nizolarni boshqarish va muammoli vaziyatlarga nisbatan konstruktiv yondashuv. Zamonaviy boshqaruvda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanish. Rahbarning etik me’yorlarga rioya qilishi, ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik tamoyillariga amal qilishi. Davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarining o‘rni va ahamiyati.