- SIYOSIY-HUQUQIY SOHALARDAGI BILIMLAR
Mazkur bo‘lim nomzodlarning davlat boshqaruvi, mehnat qonunchiligi, tashkilot boshqaruvi, inson resurslari siyosati hamda zamonaviy boshqaruvning huquqiy, tashkiliy va institutsional asoslari bo‘yicha bazaviy bilimlari va tushunchalarini baholashga qaratiladi.
Mazkur bo‘lim doirasida nomzodlarning:
- davlat va tashkilot boshqaruvi tizimini tushunishi;
- inson resurslari siyosati va mehnat munosabatlari bo‘yicha bilimlari;
- Rahbarlik etikasi va davlat boshqaruvi madaniyati
- boshqaruv va liderlik ko‘nikmalari;
- tashkilot faoliyatini samarali tashkil etish tamoyillarini bilishi;
- inson kapitali va kadrlar salohiyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini tushunishi;
- Davlat boshqaruvida professionalizm va javobgarlik
- “Inson kapitalini rivojlantirishning zamonaviy modellari
- davlat va xususiy sektorda inson resurslarini boshqarish mexanizmlarini anglay olishi;
- boshqaruvga oid vaziyatlarga nisbatan tizimli, analitik va strategik yondashuvi;
- zamonaviy boshqaruv kompetensiyalari va kommunikativ ko‘nikmalari aniqlanadi.
Savollar nomzodlarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki boshqaruv bilan bog‘liq vaziyatlarni tahlil qila olishi, mehnat munosabatlarini baholashi, tashkilot faoliyatidagi muammolarga amaliy yechim taklif qilishi, jamoa bilan ishlash hamda boshqaruv qarorlarini asosli qabul qilish qobiliyatini baholashga yo‘naltiriladi.
1-mavzu. Milliy davlatchilik va inson kapitali rivoji asoslari
Markaziy Osiyoda shakllangan davlatchilik an’analari, boshqaruv madaniyati va ijtimoiy-siyosiy tafakkurning tarixiy rivojlanish bosqichlari. Davlat va jamiyat boshqaruvi, adolat, tartib-intizom va rahbar mas’uliyatiga oid tarixiy qarashlar. Sharq mutafakkirlarining rahbarlik, ilm-ma’rifat, axloqiy yetuklik va inson kamoloti haqidagi g‘oyalari. Abu Nasr Forobiyning “fozil jamiyat” va komil rahbar haqidagi qarashlari, davlat va jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va ma’rifatning o‘rni. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida davlat boshqaruvi, adolat, rahbarning mas’uliyati va boshqaruv madaniyatiga oid fikrlari. Alisher Navoiy asarlarida odil rahbar, insonparvarlik, ma’rifat va adolat tamoyillarining yoritilishi. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida strategik boshqaruv, tartib-intizom, rahbarlik va davlat boshqaruvi tamoyillari. Jadid mutafakkirlarining milliy uyg‘onish, zamonaviy ta’lim, ma’rifat va professional kadrlar tayyorlash haqidagi qarashlari. Inson kapitali tushunchasi va uning davlat hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni. Zamonaviy boshqaruvda inson omili, professional kadrlar salohiyati va malakali mutaxassislarning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati. Inson kapitalini rivojlantirishning ta’lim, tarbiya, malaka oshirish va kasbiy rivojlanish bilan bog‘liqligi.
2-mavzu. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va inson resurslarini rivojlantirish
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, asosiy maqsadlari va inson kapitalini rivojlantirishga oid ustuvor yo‘nalishlari. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, bandlikni ta’minlash va professional tayyorgarlik tizimini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati. Davlat xizmatida inson resurslarini boshqarish tizimi va uning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari. Professional davlat xizmatini shakllantirish, meritokratiya tamoyillarini joriy etish, davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari. Kadrlar siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat va xususiy sektorda samarali HR tizimini shakllantirish mexanizmlari. Yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi va bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari. Raqamlashtirish, innovatsiyalar va zamonaviy boshqaruv texnologiyalarining inson resurslarini rivojlantirishdagi o‘rni. Inson kapitalini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalari.
3-mavzu. Mehnat qonunchiligi va mehnat munosabatlari
Mehnat huquqi tushunchasi, uning predmeti va asosiy tamoyillari. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari. Mehnat shartnomasi, uni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibi. Ish vaqti, dam olish vaqti, mehnat intizomi hamda mehnatni muhofaza qilish masalalari. Xodim va ish beruvchining huquq hamda majburiyatlari. Mehnatga haq to‘lash tizimi, rag‘batlantirish mexanizmlari va mehnat unumdorligini oshirish masalalari. Xodimlarning ijtimoiy himoyasi va mehnat huquqlarining kafolatlari. Mehnat nizolari va ularni hal etish mexanizmlari. Ijtimoiy sheriklik, kasaba uyushmalarining faoliyati va jamoa shartnomalari. Mehnat bozori, bandlik siyosati va aholi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari.
4-mavzu. Tashkilot boshqaruvi va korporativ madaniyat
Tashkilot tushunchasi, uning maqsadi va boshqaruv tizimidagi o‘rni. Tashkilotlarning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv mexanizmlari. Strategik va operatsion boshqaruvning asosiy yo‘nalishlari. Korporativ madaniyat tushunchasi, tashkilot qadriyatlari va ichki muhitni shakllantirish tamoyillari. Tashkilot faoliyatida etik me’yorlar va professional madaniyatning o‘rni. Jamoaviy muhitni shakllantirish, xodimlarni motivatsiya qilish va samarali kommunikatsiya tamoyillari. Tashkilot samaradorligini oshirishda liderlik, kommunikatsiya va inson omilining ahamiyati. Tashkilotlarda o‘zgarishlarni boshqarish, innovatsion rivojlanish va raqamli transformatsiya jarayonlari. Zamonaviy tashkilotlarda moslashuvchan boshqaruv va kreativ yondashuvlar.
5-mavzu. Davlat xizmatida inson resurslarini boshqarish
Davlat xizmatida inson resurslarini boshqarishning mazmun-mohiyati va asosiy vazifalari. Davlat xizmatida kadrlar siyosatini tashkil etish tamoyillari. Kadrlarni tanlash, joylashtirish, baholash, attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish tizimi. Professional kompetensiyalar va zamonaviy davlat xizmatchisiga qo‘yiladigan talablar. Davlat xizmatida etik me’yorlar, xizmat intizomi va kasbiy madaniyat. Meritokratiya, ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik tamoyillari. Davlat xizmatchilarining faoliyat samaradorligini baholash usullari. Zamonaviy HR texnologiyalari, elektron boshqaruv va raqamli HR tizimlaridan foydalanish masalalari. Davlat xizmatida motivatsiya, liderlik va professional rivojlanishni tashkil etish mexanizmlari.
6-mavzu. Fuqarolik jamiyati va ijtimoiy sheriklik
Fuqarolik jamiyati tushunchasi, uning asosiy institutlari va demokratik jamiyat rivojlanishidagi o‘rni. Fuqarolik jamiyatining inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati. Nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. Ijtimoiy sheriklik, jamoatchilik nazorati va fuqarolik faolligining asosiy mexanizmlari. Davlat, biznes va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlik tamoyillari. Inson manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalari. Jamiyat boshqaruvida aholining иштироки va ochiq muloqot tamoyillari.