Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar, ularning intellektual, ijtimoiy va rahbarlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan aniq siyosat yurtimizning istiqbolli kelajagini aks ettiradi.
Kecha, 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan samimiy va yuksak ruhdagi tadbir buning yorqin isboti bo‘ldi. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning zamonaviy g‘oyalari, ilg‘or tashabbuslari va yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, 15-tashabbusda:
“O‘tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo‘yicha muhim farmonni imzoladim. Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi”
— deya ta’kidladi Prezident.
Bu g‘oyat mas’uliyatli vazifa — Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi jamoasi uchun ulkan sharaf!
Akademiyamizning asosiy vazifasi — yurtimiz kelajagi bo‘lgan iqtidorli yoshlarning bilim, malakalari, yetakchilik qobiliyati va davlat boshqaruvidagi ulushini yanada mustahkamlashdan iborat. Biz bu yo‘lda faxr bilan xizmat qilamiz!
Shu fursatdan foydalanib, kuch-quvvat, shijoat va navqironlik egalari bo‘lgan barcha yoshlarimizni kuni kecha o‘tgan “Yoshlar kuni” bilan samimiy tabriklaymiz!
Bu – kelajakni o‘z yelkasida ko‘tara oladigan, Vatan taqdirini o‘z taqdiri deb bilgan, zamonaviy bilim va ilg‘or fikrlarga ega avlod bayrami.
Yoshlarimizga doimiy ilhom, tugamas shijoat, el-yurt ishonchiga munosib bo‘lish yo‘lida omad va zafarlar tilaymiz. Yangi yutuqlar, katta marralar sizniki bo‘lsin!
O‘zbekistonning ertasi – sizlarning qo‘lingizda!