Osiyo xotin-qizlari II forumi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjon olima ayollari “Ilm-fanda ayollar yetakchiligi: hozirgi zamon tahdidlari, innovatsion yechimlar va ilmiy hamkorlik” mavzusida yagona muloqot platformasida jam bo‘ldi.

14.05.2026
1034
Ta'lim

Mazkur nufuzli forumda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonning yetakchi olima hamda jamoatchi ayollari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi prorektori Raima Shirinovna Hakimova ham ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida tashkil etilgan panel sessiyalarida ilm-fan va innovatsiyalar orqali mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlash, barqaror rivojlanish omillari, jumladan, ekologiya, sun’iy intellekt, madaniy meros hamda jamiyat salomatligi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mazkur forum mintaqa davlatlari o‘rtasida ilmiy diplomatiyani rivojlantirish, olima ayollarning xalqaro ilmiy maydondagi ishtirokini kengaytirish hamda ilm-fanni barqaror taraqqiyotning strategik drayveri sifatida ilgari surishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.