Koreya Respublikasida amaliy stajirovka o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi tinglovchilarining tashrif dasturi taklif va tashabbuslarga boy tarzda davom etmoqda.
“Yosh liderlar” qo‘shma ta‘lim dasturi doirasida tinglovchilar Koreya tajribasi asosida mahalliy strategiyalarni ishlab chiqishning zamonaviy mexanizmlarini chuqur o‘rganmoqdalar hamda ular asosida bir qator muhim takliflarni ilgari surmoqdalar.
Tajriba almashish doirasida koreyalik hamkorlarga “O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti: uzoq va o‘rta muddatli rivojlanish strategiyalari” mavzusida taqdimot namoyish etildi. Unda “Yangi O‘zbekiston – 2022–2026” va “O‘zbekiston–2030” strategiyalari asosida olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, iqtisodiy o‘sish drayverlari va barqaror taraqqiyot ustuvorliklari batafsil yoritildi.