Qashqadaryo viloyatida Yoshlar parlamenti “Faollar jamoasi” va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun navbatdagi o‘quv-seminarlar bo‘lib o‘tdi. Seminar doirasida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Qarshi hududiy filiali professor-o‘qituvchilari, AOKA vakillari tomonidan notiqlik san’ati, liderlik kompetensiyalari, mediasavodxonlik, loyihaviy boshqaruv kabi mavzularda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, kasb egallashi va jamiyatdagi faol ishtiroki borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar va ishonch yorliqlari topshirildi.