1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, shu kundan boshlab bu muqaddas ramz — xalqimizning milliy iftixori, yurtimiz tinchligi, birdamlik va sadoqat timsoliga aylangan.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Davlat ramzimiz — milliy g‘ururimiz timsoli sifatida, Vatanimiz ravnaqi va porloq kelajagimizni hamisha aks ettirib tursin!