"Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-78-sonli Prezident farmoniga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuzilgan.
Mazkur Farmonga muvofiq, Vasiylik kengashi ko‘plab ustuvor masalalar yuzasidan Akademiya faoliyatiga ko‘maklashadi hamda qarorlar qabul qiladi.
Bugun, Akademiya Vasiylik kengashining birinchi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda Akademiya faoliyatiga doir muhim vazifalar muhokama qilindi. Akademiya faoliyatining istiqbolini belgilovchi qarorlar qabul qilindi.