O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining “Davlat xizmatlari samaradorligini oshirishning ilmiy tadqiq etish laboratoriyasi” tomonidan “Ilmiy tadqiqotlarda ma’lumotlarni to‘plash, saralash va tahlil qilish metodologiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

05.06.2026
12
Seminar

Seminar ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, ma’lumotlar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlarini o‘rganish hamda ilmiy natijalarning ishonchliligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda Akademiyaning Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Davron Masharipovich Bekchanov ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, ma’lumotlarni yig‘ishning ilmiy asoslangan usullari, ularni saralash mezonlari, statistik va tahliliy yondashuvlardan foydalanish hamda tadqiqot natijalarini to‘g‘ri talqin etish bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Seminar davomida ishtirokchilar ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning samarali usullari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.