O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Vengriyaning Lyudovika Davlat xizmati universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

05.06.2026
12
Xalqaro hamkorlik

Muloqot davomida Hamkorlik yo‘l xaritasi doirasida gibrid ta’lim dasturlarini rivojlantirish, yozgi maktablar va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning Stipendium Hungaricum (Vengriya stipendiya dasturi) va Ludovika Fellowship (Lyudovika stipendiya dasturi) xalqaro dasturlaridagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Yevropa Ittifoqining Horizon dasturi doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida tadqiqotlar olib borish yuzasidan ham fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida ilmiy-ta’limiy va madaniy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.