Bugun Akademiyada “Yangi avlod tashabbuslari va barqaror taraqqiyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan talabalar va professor-o‘qituvchilar, davlat idoralari, nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda yoshlarga oid masalalarni tahlil qilayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
– yoshlarning ijtimoiy innovatsiyalar, ta’lim, texnologiyalar, tadbirkorlik, ruhiy salomatlik, ekologiya va axborot maydonidagi faolligini chuqur tahlil qilish;
– mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga oid ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqish;
– yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar, olimlar va amaliyotchi ekspertlar o‘rtasida fikr almashish maydonini yaratish.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar ishlab chiqildi. Amaliy tavsiyalar asosida Yakuniy rezolyutsiya loyihasi tayyorlanib, u kelgusida yoshlar siyosatini takomillashtirishda qo‘llanilishi rejalashtirilgan.