Hurmatli nomzodlar! Bugun, 2-oktyabr kuni magistratura ta’lim dasturlariga ochiq tanlov bo‘yicha hujjatlarni onlayn tarzda qabul qilish jarayoni rasman yopiladi.
Hali ochiq tanlov asosida hujjat topshirishga ulgurmagan barcha nomzodlar soat 18:00 gacha qabul.dsba.uz platformasi orqali to‘liq ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida siz test topshirish uchun xorijiy tillardan birini tanlashingiz, xorijiy til bilish sertifikatini yuklashingiz (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa talablarni bajarishingiz lozimligini eslatib o‘tamiz.
To‘liq ro‘yxatdan o‘tganlarga test sinovi sanasi, vaqti va o‘tkazilish joyi haqida ma’lumotlar tez orada platformada e’lon qilinadi. Albatta, bu ma’lumot sizga ro‘yxatdan o‘tgan elektron pochtangizga ham yuboriladi.
Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tganlar suhbat bosqichiga taklif qilinadi. Suhbatning sanasi, vaqti va joyi haqidagi ma’lumotlar ham platformada joylashtiriladi va elektron pochtangizga jo‘natiladi.
Ikkala sinov bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganlar davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlar birinchi, 2025/2026 o‘quv yili uchun 43 350 000 so‘m kontrakt pulini to‘lashlari hamda 2026–2027 o‘quv yilida qolgan 6 oylik o‘qish uchun 21 650 000 so‘m (jami to‘liq 18 oylik magistratura kursi uchun — 65 000 000 so‘m) to‘lashlari kerak bo‘ladi.