Forum doirasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

24.06.2025
34
Xalqaro hamkorlik

BMT Davlat Xizmati Forumi doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) prorektori Andrey Morgolin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salixov hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi birinchi o‘rinbosari Amirtemirxon Musayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda davlat boshqaruvi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda malaka oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikning yangi bosqichlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.