AOKA bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur uchinchi mavsum o‘quvlarida o‘ttizdan ortiq matbuot kotiblari qatnashdi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar amaliy topshiriqlar, keys-stadi tahlillari va guruhli muhokamalar orqali o‘z kommunikatsion ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Yetakchi mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarda axborot siyosatini strategik rejalashtirishga yangicha yondashuvni shakllantirdi.
Malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.