Bugun Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Singapurda joylashgan Chandler Boshqaruv Instituti (The Chandler Institute of Governance) va Chandler Boshqaruv Akademiyasi (The Chandler Academy of Governance) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida davlat boshqaruvini rivojlantirish hamda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik tashabbuslari ko‘rib chiqildi:
davlat boshqaruvi yetakchilari uchun qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
samarali boshqaruv va davlat xizmatini rivojlantirishga doir qo‘shma tadqiqotlar va tahliliy ishlanmalarni amalga oshirish;
O‘zbekistonni Chandler Good Government Index (CGGI) reytingiga kiritish masalasini o‘rganish;
davlat siyosati va boshqaruvi bo‘yicha xalqaro anjumanlar, ekspert uchrashuvlari va bilim almashish tadbirlarini tashkil etish;
shuningdek, Chandler institutlarining bilim, texnik va moliyaviy resurslarini jalb etgan holda qo‘shma tashabbuslarni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlarni belgilab oldilar.