2025-yil 16-may kuni Moskva davlat universiteti Davlat siyosati kafedrasi mudiri, Vladimir Yakunin hamda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salixov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tomonlar Akademiya va Moskva davlat universiteti o‘rtasida ilmiy-akademik aloqalarni rivojlantirish, professor-o'qituvchilar salohiyatini muntazam oshirib borish borasida o'zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, davlat xizmatchilarini malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, dolzarb ijtimoiy-siyosiy masalalar yuzasidan qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va bu borada amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishdilar.