Professor-o'qituvchi va xodim lavozimlariga ochiq tanlov
Tanlovni o‘tkazish asoslari
Ochiq tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Ustavi 41-bandi hamda Vasiylik kengashi yig‘ilishining tegishli bayoni bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq yuqori malakali, ilmiy va pedagogik salohiyatga ega kadrlarni Akademiyaga jalb etish, ta’lim sifatini oshirish va ilmiy faoliyat samaradorligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mutaxassisliklar
“Menejment”, “Psixologiya”, “Iqtisod”, “Siyosat”, “Sotsiologiya”, “Ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt”, “Inson resurslarini boshqarish”, “Inson resurslarini rivojlantirish”, “Loyiha boshqaruvi”, “Davlat boshqaruvi”, “Moliya” hamda “Yurisprudensiya” mutaxassisliklariga ega nomzodlar o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, professor lavozimlariga tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Professor-o‘qituvchilikka nomzodlar belgilangan malakaviy talablarga (ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo‘lishi, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga, kamida magistr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kabi talablarga) javob berishlari lozim.
Nomzodlarning xorijiy tillarda erkin muloqot qilishi, andragogik metodlardan samarali foydalanishi va onlayn/masofaviy formatda dars olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi tanlovda ularga ustuvorlik beradi.
Taqdim etiladigan hujjatlar
- 1. Akademiya rektori nomiga ariza (belgilangan namunada);
- 2. Pasport yoki ID-shaxs guvohnomasi nusxasi;
- 3. Diplomlar va ilovalar nusxalari;
- 4. Ilmiy ishlar ro‘yxati (DOI, ISSN, ISBN);
- 5. Rezyume-ma’lumotnoma.
Hujjatlarni topshirish tartibi
Nomzodlar tegishli hujjatlarni e’lon berilgan kundan boshlab 1 (bir) oy muddat ichida Akademiyaning [email protected] elektron pochta manzili orqali taqdim etishlari mumkin.