Matbuot kotiblari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

19.06.2025
36
Ta'lim

2025-yilning 11–18-iyun kunlari davomida davlat idora va tashkilotlari matbuot kotiblari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu kurslarda ishtirokchilarga ularning kundalik faoliyatida zarur bo‘ladigan amaliy bilim va ko‘nikmalarni berishga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotlar suhbat va trening shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar mahalliy va jahon miqyosidagi amaliy misollar asosida turli dolzarb mavzular va yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Malaka oshirish jarayonida axborot siyosatini yuritish, media bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, inqirozli holatlarda to‘g‘ri kommunikatsiya olib borish kabi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Dastur yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.