Yashil iqtisodiyotga o'tishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha malaka oshirish kursi yakunlandi

11.06.2025
32
Ta'lim

Tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 62 nafar soha mas’ullari ishtirok etdi.

9-11-iyun kunlari mobaynida tinglovchilarga "2030-yilgacha O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o'tish va "yashil" o'sishni ta'minlashda dasturiy yondashuv", "Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish", "Binolar energiya samaradorligini oshirish kabi mavzularda ma'ruzalar o'tildi.
Mashg'ulotlar mobaynida malaka oshirish "yashil" urbanizatsiyani rivojlantirish, samarali "yashil" investitsiyalarni jalb qilishning afzalliklari aniq misollarda tushuntirildi.

O'quvlar yakunida Akademiya rektori Jasur Salixov tomonidan kurs bitiruvchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.