BMT Davlat xizmati forumida xorijlik mehmonlar bilan samarali muzokaralar olib borildi

25.06.2025
29
Xalqaro hamkorlik

BMT Davlat xizmati forumi Akademiya uchun har tomonlama sermahsul va natijador bo‘ldi. Forum doirasida bir qator mamlakatlarning davlat xizmatchilarini va boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim muassasalari bilan muloqotlar olib borildi. Uchrashuvlarda tajriba almashish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, o‘quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bunday aloqalar nafaqat Akademiyaning xalqaro sheriklik doirasini kengaytiradi, balki davlat xizmatini rivojlantirish, innovatsion boshqaruv yondashuvlarini joriy etish va kadrlar salohiyatini oshirish yo‘lida muhim omil sifatida xizmat qiladi.