Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Akademiya rektori Jasur Salixov, “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas’ul vakili Alisher Eranov ishtirokida Prezidentimiz tomonidan imzolangan PF-78-sonli Farmonning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda jurnalistlar, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar qatnashib, mas'ullardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.