Uchrashuv davomida: - davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy ta’lim modellari; - professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish; - qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; - ilg‘or xalqaro tajribalarni integratsiya qilish kabi masalalar muhokama markazida bo'ldi.
Muzokaralar yakunida ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan yangilangan “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Mazkur hujjat akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda davlat boshqaruvi tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.