O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida ilmiy muhokama doirasida Axmedov Zafar Kadirovichning “Kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi ko‘rib chiqildi.

21.02.2026
16
Seminar

Tadqiqotning asosiy mavzusi kichik sanoat zonalarini samarali tashkil etish va boshqarish orqali hududiy iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga qaratilgani ta’kidlandi. Ishda kichik sanoat zonalarining investitsiya jalb qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingani qayd etildi.

Dissertatsiyada kichik sanoat zonalarini baholash va boshqarish bo‘yicha integral model, investitsiya loyihalarini tanlashning zamonaviy mexanizmlari hamda boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan aniq ilmiy yechimlar taklif etilgani alohida ta’kidlandi. Ushbu yondashuvlar hududlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Tadqiqot natijalari hududiy sanoat siyosatini takomillashtirish, kichik sanoat zonalarini boshqarishda zamonaviy mexanizmlarni joriy etish hamda investitsion muhitni yaxshilashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekani e’tirof etildi.

Ilmiy muhokama yakunida dissertatsiya dolzarb mavzuga bag‘ishlangan, tugallangan mustaqil tadqiqot sifatida baholanib, muallif iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib deb topildi.