O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Akademiya rahbariyati hamda Turkiya Respublikasi Hukumat huzuridagi Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

10.04.2026
76
Xalqaro hamkorlik

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qilib, kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldilar. Xususan, sun’iy intellekt sohasida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, “DATA & AI” laboratoriyasini ishga tushirish va uning rasmiy ochilish marosimini tashkil etish, shuningdek, “Digital AI-Lab” loyihasini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi doirasidagi “Yo‘l xaritasi” asosida raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt va elektron hukumat yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalar va treninglarni tashkil etish hamda innovatsion tashabbuslarni izchil rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.