Tashrif davomida ishtirokchilar Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati va ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, buyuk sarkardaning markazlashgan davlat barpo etishdagi strategik yondashuvlari, adolat va tartibga asoslangan boshqaruv tamoyillari, shuningdek, ilm-fan va bunyodkorlikka berilgan yuksak e’tibor alohida qiziqish bilan o‘rganildi.
Shuningdek, “Buyuk Sohibqiron – Ikkinchi Renessans asoschisi” bo‘limi, sun’iy intellekt asosidagi interaktiv ekspozitsiyalar hamda 3D formatdagi tarixiy obyekt va xaritalar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tashrif nafaqat tarixiy bilimlarni boyitish, balki Amir Temur merosida mujassam bo‘lgan davlatchilik an’analari, strategik fikrlash va yuksak ma’naviy qadriyatlarni chuqur anglashga xizmat qildi. Bu esa tinglovchilarda milliy g‘urur, tarixiy xotira va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.