Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Guliston hududiy filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish hamda rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan rahbarlar hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Prezident Farmonining asosiy qoidalari, davlat xizmatini isloh qilishdagi yangi yondashuvlar, malaka va samaradorlikka asoslangan kadrlar siyosati yuzasidan amaliy muhokamalar olib borildi.