O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Qarshi hududiy filiali hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha hududiy filiali hamkorligida “Davlat xizmatida boshqaruvning zamonaviy strategiyalari: innovatsion yondashuvlar va rivojlanish muammolari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida Prezidentimizning 2025-yil 5-mayda qabul qilingan PF–78-sonli farmonining mazmun-mohiyati, shuningdek, ushbu hujjatda belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilinib, ishtirokchilarga batafsil tushuntirishlar berildi.