Mobil zaxira tinglovchilari yangicha boshqaruv uslublarini o‘zlashtirmoqda

31.05.2025
39
Ta'lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining mobil zaxirasiga kiritilgan tinglovchilar uchun malaka oshirish kursi davom etmoqda.

Ushbu kursda zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, jumladan:

 

- Agile – tezkor va moslashuvchan boshqaruv usuli;

- Scrum – jamoaviy ishlash va loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish metodikasi;

- Peer learning – o‘zaro bilim almashinuvi asosidagi o‘quv usuli kabi mavzular atroflicha o‘rganilmoqda. Tinglovchilar innovatsion yondashuvlar asosida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.